Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani hududida YPX xodimi “Lacetti” haydovchisini to‘xtatib, ichgan yoki yo‘qligini bir marotaba foydalaniladigan “stakan” orqali tekshirmoqchi bo‘lgan video tarqalgan edi.

ypx inspektor gai
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Keyinchalik Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani hududida YPX xodimi O. Egamberdiyev “Lacetti” rusumli avtomobil haydovchisini to‘xtatgan va haydovchi spirtli ichimlik ichgan yoki yo‘qligini bir marotaba foydalaniladigan “stakan” orqali tekshirmoqchi bo‘lganligi aks etgan video yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganligi haqida ma’lumot berilgan.

Tekshiruv xulosasiga ko‘ra, xizmati mobaynida “Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom” hamda Ichki ishlar vazirining ayrim me’yoriy buyruqlari talablarini buzganligi uchun Sirdaryo viloyati IIB YHXB YPX inspektori O. Egamberdiyevga nisbatan “Hayfsan” intizomiy jazosi qo‘llanilishi belgilangan.