Rossiya qo‘shinlari Ukrainani uch tarafdan qurshab oldi. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi va tegishli xaritani chop etdi.

Foto: NYT

Qayd etilishicha, Rossiya 2022-yil boshidan buyon Lugansk va Donetsk atrofidagi rayonlarga yana beshta taktik batalon guruhini, jumladan, besh ming harbiy joylashtirgan.

Bundan tashqari, ko‘p sonli Rossiya qo‘shinlari Ukraina chegarasi yaqinidagi shimoliy rayonlarga, xususan, Ukraina, Belarus va Rossiya chegaralari kesishgan Klinsi rayoniga jo‘natilgan. 

Yana uchta guruh Voronej yaqinida joylashgan. Bu qo‘shinlar harbiy operatsiya o‘tkazilgan taqdirda jiddiy xavf solishi mumkin, deb yozadi NYT. Bir guruh Volgograd va ikkita guruh Donbass chegarasida joylashtirilgan.

Krasnodar o‘lkasida artilleriya, yana bir qism Qrimda joylashgan.

Xarita Ukraina va g‘arb manbalari, mustaqil harbiy ekspertlar va sun’iy yo‘ldoshdan olingan ma’lumotlar asosida tuzilgan.