Stendda otish (o‘q otish sportining bir turi) bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempioni, italiyalik Kristian Gilli fojiali tarzda halok bo‘ldi. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” xabar berdi.

Foto: Trend

Sportchi do‘stlari bilan Piza viloyatidagi o‘rmonga ovga chiqqan bo‘lgan. Kristian yerga engashib o‘q gilzalarini terib olayotgan paytida miltig‘i otilib ketib, qornidan jarohatlagan.

Zudlik bilan tez yordam chaqirilib, Gilli shifoxonaga yetkazildi. Shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun har qancha urinishmasin, foydasi bo‘lmadi, olingan og‘ir jarohat oqibatida 19 yoshli sportchi olamdan o‘tdi.