Misrning Sinay yarim oroli g‘arbida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisada kamida 16 kishi halok bo‘lgan va yana 18 kishi jarohatlangan, deb xabar bermoqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

misr tez yordam
Foto: AP Photo / Ben Curtis

“Suvaysh-Tor shaharlari oʻrtasidagi trassada mikroavtobus va avtobusning toʻqnashuvi natijasida 16 kishi halok boʻldi, 18 kishi jarohat oldi”, degan Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Hussam Abdulgʻaffor.

Voqea joyiga 13ta tez yordam mashinasi yetib kelgan, jarohat olganlar Tor, Abu Rudeys, Sharm al-Shayx shaharlaridagi shifoxonalarga yotqizilgan.