Qozog‘istonning sobiq Prezidenti Nursulton Nazarboyevning uzoq yillik hamkori, mamalakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq raisi Karim Masimov davlatga xiyonat qilish moddasi bilan hibsga olindi. Bu haqda MXQ Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Foto: RIA Novosti

“Joriy yilning 6-yanvar kuni Milliy xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan davlatga xiyonat qilish fakti bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175-moddasi 1-qismi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshlandi”, – deyiladi xabarda.

Ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlangan KNBning sobiq raisi Karim Masimov hamda boshqa shaxslar qo‘lga olingan va vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgan.

“Tergov manfaatlariga daxldor boshqa ma’lumotlar oshkor etilishi mumkin emas”, – deya qo’shimcha qilingan xabarda.

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda davlatga xiyonat qilishda aybdor bo‘lganlar o‘n yildan o‘n besh yilgacha Respublika fuqaroligidan mahrum etilishi mumkin.