“Tolibon” harakati ayollarning ba’zi sport turi bilan shug‘ullanishini taqiqladi. Bu haqda “TOLO News” xabar berdi.

Foto: JAVED TANVEER/AFP

Keltirilishicha, Kobuldagi bir qator sport egalari bu haqda ma’lumot bergan. Ular ayollar ayrim sport turlari, jumladan, fitnes bilan shug‘ullanishi mumkinligini aytgan. Islom Amirligi islom qadriyatlari va afg‘on madaniyatiga asoslangan ayollar sportiga ruxsat byerishini ma’lum qilgan.

“’Islom Amirligi’ siyosatini har tomonlama davom ettiramiz. Madaniyatimiz va urf-odatlarimizdan kelib chiqib, sport turi bilan shug‘ullanishga ruxsat beramiz”, — degan Jismoniy tarbiya va Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot kotibi.

“’Islom Amirligi’ sportning atletika turi bilan ayollarning shug‘ullanishini taqiqladi, garchi ayollar erkaklardan alohida shug‘ullansa ham”, — degan Afg‘onistondagi taekvondo va alpinizm sporti bo‘yicha murabbiy Tohira Sultoniy.

Ta’kidlanishicha. mazkur taqiq xalqaro gumanitar tashkilotlarning noroziligiga uchragan. Jumladan, Human Rights Watch “Tolibon”ning ayollar sportini taqiqlagani, ayollarning sog‘liqni saqlash xizmatidan foydalanishini cheklagan, ayollarni erkak nazorat qilishini talab qilgani bo‘yicha qator hisobotlar e’lon qilgan.

Shuningdek, oldinroq “Tolibon” harakati ayollarga nisbatan yana bir taqiq joriy etgandi.