Statistika qo‘mitasi 2022-yil 6-yanvar kungi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.

Foto: Navoiy viloyat hokimligi axborot xizmati

Ma’lumotga ko’ra, suyakli mol go‘shtining 1 kilogrammi narxi 45 000 – 68 000 so‘mni tashkil qildi.

Shuningdek, boshqa asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:

  • Qo‘y go‘shti (1 kg) 54000 – 80000 so‘m;
  • Kartoshka (1 kg) 3000 – 7000 so‘m;
  • Piyoz (1 kg) 1500 – 3800 so‘m;
  • Sabzi (1 kg) 1000 – 4500 so‘m;
  • Tuxum (10 dona) 7000 – 14000 so‘m;
  • Guruch (1 kg) 5000 – 17500 so‘m;
  • O‘simlik yog‘i (1 l) 14000 – 24000 so‘m;
  • Shakar (1 kg) 7500 – 10500 so‘m.