Joriy yilning 14 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Sergelida YPX xodimi dislokatsiyasiz ishlamoqda” sarlavhali videolavha tarqatildi. IIV YHXBB axborot xizmati bu haqida yozmoqda.

ypx inspektor gai
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Video lavha o‘rganib chiqilganda, haydovchi YPX inspektoridan “Yo‘l harakati qoidalari”ni buzmagan bo‘lsada nima sababdan uni to‘xtatganligini so‘raganligi, YPX xodimi uning to‘xtatish sababi me’yoriy hujjatlarini tekshirish ekanligini tushuntirganligi, shunda haydovchi YPX inspektoridan uning xizmat guvohnomasi va dislokatsiya ko‘chirmasini so‘raganligi, YPX xodimi faqatgina xizmat guvohnomasini ko‘rsatib, dislokatsiya ko‘chirmasi komandirida ekanligini aytganligi tasvirlangan.

Holat joriy yilning 8 mart kuni Toshkent shahar, Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasidagi avtomashina bozori yonida video tasvirga olingan.

Hozirgi vaqtda Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan videolavhada tasvirlangan Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 5-batalyoni 2-safarbarlik guruhi YPX inspektori B.Rustamovga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.