Foto: Sputnik

“Tailand piyoda qoʻshinlaridagi oddiy askar mamlakat shimoli-sharqidagi Nakxon Ratchasima shahridagi koʻchalarda odamlarga qarata oʻt ochgan”, – deb xabar qilmoqda “Txai Rat” nashri mahalliy politsiyaga tayangan holda.

Kamida 12 kishi qurbon boʻlgan, odamlarning aksariyati jarohatlangan.

Nashr xabariga koʻra, askar oʻz harbiy qismidan HamVee harbiy yoʻltanlamasini olib qochgan va shahar boʻylab aylanib, vaqti-vaqti bilan miltiqdan odamlarga qarata oʻq uzgan. Savdo markazlarining birining qarshisida toʻxtab, xaridorlarga qarata oʻt ochgan, soʻngra koʻzdan gʻoyib boʻlgan.

Shuningdek, maʼlum boʻlishicha, harbiy oʻzining Facebookdagi sahifasida onlayn-translyatsiya olib borgan, uning akkaunti hozirda yopilgan. Askar oʻzini nega bunday tutgani sababi nomaʼlum. Khaosod nashri askar to akkaunti yoʻq qilinguniga qadar ijtimoiy tarmoqlarga bir nechta surat va videolarni joylashga ulgurgani haqida xabar qilgan.

Askar shaxsini identifikatsiya qilishgan – u katta serjant Chakrapxan Txomma ekanligi aytilmoqda.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, hozirda Txomma yirik savdo markazining toʻrtinchi qavatida 16 nafar fuqaroni garovda ushlab turganligi aytilmoqda.