Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda shaxmatning rapid yo‘nalishida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Nodirbek Abdusattorovga prezident farmoniga asosan sovg‘a qilingan 2 xonali uyning kaliti qaytarib olingani haqidagi xabarlar tarqaldi. Turizm va sport vazirligi mazkur xabarlarga izoh berdi.

Foto: Davletovuz

Qayd etilishicha, yosh chempionga Toshkent shahri Mahtumquli ko‘chasi 91/1 uy manzilidan ikki xonali uyning kaliti topshirilgan.

“Bugun Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i Fahriddin Davrukov dunyo tarixidagi eng yosh jahon chempioni va uning ota-onalarini prezident sovg‘asi bo‘lmish 2 xonali uy bilan tanishtirdi.

Tez kunlarda qonunchilikda belgilangan rasmiyatchilik ishlari yakunlanib, ushbu xonadon Nodirbek Abdusattorovga topshiriladi”, – deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o’tamiz, O‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov Polsha poytaxti Varshavada shaxmatning rapid yo‘nalishi (tezkor shaxmat) bo‘yicha jahon chempionatida g‘olib bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, Nodirbek Abdusattorov 2004-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan, 13 yoshida grossmeyster bo‘lgan (13 yosh-u 1 oy). U 2012-yilda Sloveniya poytaxti Maribor shahrida o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘z yosh toifasida (8 yoshgacha) tengsiz bo‘lgandi.