O‘zbekiston Markaziy banki noyabr oyida dunyodagi boshqa moliyaviy regulyatorlardan ko‘proq oltin sotdi. Bu haqda Spot Jahon Oltin Kengashining (World Gold Council — WGC) oylik ma’lumotlariga tayanib xabar qildi.

Foto: Reuters

Unga ko‘ra, noyabr oyida jahon markaziy banklarining jami oltin zaxiralari 21,5 tonnaga kamaygan. Bu o‘tgan yilning boshidagiga nisbatan keskin pasayish hisoblanadi

Oltin O‘zbekistondan (21,5 tonna) tashqari Turkiya (7 tonna), Rossiya (3,1 tonna) va Qirg‘iziston (1,4 tonna) Markaziy banklari tomonidan ham faol sotilgan.

Biroq, bir nechta regulyatorlar oltin zaxiralarini ko‘paytirdi. Noyabr oyida qimmatbaho metallarning eng faol xaridorlari Qozog‘iston (4,3 tonna), Polsha (3,4 tonna) va Hindiston (2,8 tonna) Markaziy banklari bo‘ldi.

Davlat statistika qo‘mitasiga ko’ra, 2021-yilning yanvar-noyabr oylaridagi oltin savdosi O‘zbekiston Markaziy bankiga 4,1 milliard dollar daromad keltirgan va ushbu summaning 40 foizdan ortig‘i noyabr oyiga to‘g‘ri keladi