Qozog‘istonda avvalroq notinchliklar fonida to‘xtatilgan yo‘lovchi poyezdlarining harakati to‘liq tiklandi. Bu haqda Sputnik Qozogʻiston agentligi xabar bermoqda.

temir yo'l poyezd
Foto: Google

7-yanvar kuni “KTJ” NK milliy aviatashuvchisi liniyada qoʻshimcha poyezdlar qatnovini yoʻlga qoʻygani haqida maʼlum qilgan. Bundan tashqari, internetga ulanmagan holda chiptalarni xarid qilish platformasi ochilgan. chiptalarni “bilet.railways.kz” sayti va “Kaspi.kz” ilovasi orqali xarid qilish mumkin.

Tashuvchi matbuot xizmati ushbu holat temir yo‘l vokzal kassalardagi navbatlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatganini ta’kidlagan.

Shuningdek, Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi davlat organlarining barcha binolari nazoratga olingani haqida xabar bergan. Endilikda jamoat tartibini patrul politsiyasi ta’minlamoqda. Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda 4 mingga yaqin terrorchi qoʻlga olingan, ularni umrbod qamoq jazosi kutmoqda.

Prezident Qosim-Jo’mart To’qayevning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatga 20 mingga yaqin terrorchi hujum qilgan, Olmaotada esa kamida oltita terakt amalga oshirilgan.