O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Narikbayev nomidagi Qozog‘iston davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan 35 nafar o‘zbekistonlik talaba “Uzbekistan Airways” samolyoti orqali uyga qaytdi.

Foto: “Uzbekistan Airways” axborot xizmati

– O‘tayotgan hafta davomida o‘zbekistonliklar qo‘shni Qozog‘istondagi voqealarni katta hayajon bilan kuzatmoqda, – deb yozgan Qozog‘iston davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar ota-onalari qo‘mitasi raisi To‘ra To‘rayev. – Va ko‘pchilik ushbu mamlakatda bo‘lib turgan o‘z yaqinlari hayoti uchun qayg‘urgani haqiqat. Bular orasida Narikbayev nomidagi Qozog‘iston davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan talabalarning ota-onalari ham bor.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatiya vakolatxonalari odatdagi tartibda faoliyat yuritmoqda. Zarur hollarda O‘zbekiston fuqarolariga huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Zarurat tug‘ilganda fuqarolar istalgan vaqti O‘zbekistonning Nur-Sulton (telefon: +7 771 020 36 73), Almati (telefon: +7 777 950 44 33) va Aqtau (telefon: +7 777 599 00 51) shaharlaridagi diplomatiya vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkin.