Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan ma’lumot YHXBB axborot xizmati ma’lumot berdi.

Foto: YHXBB axborot xizmati

Unga ko’ra, 2022-yil 5-yanvar kuni soat 13:30larda, Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani hududidan o‘tuvchi 4R-18A avtomobil yo‘lida, “Gagarin-Guliston” yo‘nalishida haydovchi D.K. “Isuzu” rusumli avtobusni boshqarayotib ehtiyotsizligi oqibatida yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan “Damas” rusumli avtomobilning orqa tomoniga to‘qnashgan.

To‘qnashuv natijasida, avtobus haydovchisi D.K va 5 nafar yo‘lovchilari hamda “Damas” rusumli avtomobil haydovchisi K.K. va yo‘lovchisi Z.Ch.larga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Mirzaobod tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.