Tartibsizliklar oqibatida Qozog‘iston biznesiga yetkazilgan zarar 198 mln. dollarga yaqinni tashkil etdi. Bu haqda “Atameken” milliy tadbirkorlar palatasiga asoslanib mahalliy OAV xabar berdi, deb yozadi Interfaks.

Foto: Interfaks

Xabarda aytilishicha, bundan 85,8 mlrd. tenge Olmaotaga to‘g‘ri keladi.

7-yanvar holatiga mamlakatning o‘n regionida 848ta biznes sub’yekti va 1021 ta obekt zarar ko‘rgani aniqlangan, jumladan, Olmaotada 789ta sub’yekt va 950ta obektga zarar yetkazilgan.

Palataning ogohlantirishicha, bu raqamlar yanada oshishi mumkin.

Qayd etilishicha, palata boshqaruvi raisi Ablay Mirzaxmetov vazirlar mahkamasi bilan birgalikda zararni qoplash mexanizmlari ishlab chiqilayotganini ma’lum qilgan.

Avvalroq Qozog‘istondagi ommaviy tartibsizliklar natijasida yetkazilgan zarar miqdori 92 million dollarni tashkil etgani aytilgan edi.