Rossiyaning Leningrad viloyatida tez yordam mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi. Bu haqda “78.ru” xabar berdi.

Foto: 78

Ma’lum qilinishicha, hodisa soat mahalliy vaqt bilan 19:23 atrofida yuz bergan. “Daewoo Nexia” avtomobili qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, “Ford Transit” tez tibbiy yordam mashinasiga borib urilgan. Oqibatda avtomashinaning 31 yoshli yo‘lovchisi voqea joyida, 27 yoshli yigit esa shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgan. Qurbonlarning har ikkisi ham O‘zbekiston fuqarosi ekani qayd etilgan. Shuningdek, 45 yoshli tez tibbiy yordam mashinasidagi feldsher o‘rtacha og‘irlikda kasalxonaga yotqizilgan.

Ta’kidlanishicha, “Daewoo Nexia” rusumli avtomashinani 27 yoshli O‘zbekiston fuqarosi boshqargan. U qo‘lga olinib, izolyatorga joylashtirilgan, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchi 2021-yilda yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun ikki marta ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Tosno shahar prokuraturasi Ushaki qishlog‘ida ikki kishining o‘limi bilan bog‘liq jinoyat ishini tergov qilishni nazoratga olgan.