Ispaniyada yangi koronavirus bilan kasallanganlar soni 5753 kishiga yetdi. Bu haqida shanba kuni Qirollik Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi. Unga ko’ra, 517 kishi tuzaldi.

Foto: RIA novosti

Madrid ma’muriyatining yangi ma’lumotlarini hisobga olgan holda, kasallik tufayli vafot etganlar soni 180 dan oshdi. Kasallanganlarning ko’pi aynan shu Ispaniya mintaqasida aniqlandi – 2940 ta. Juma kuni tushdan keyin Ispaniya Sog’liqni saqlash vazirligi 4209 bemor va 120 nafar jabrlangan haqida xabar berdi.

Ispaniyada koronavirus infektsiyasining birinchi holati 31 yanvar kuni qayd etilgan, Italiyada mahalliy gripp aniqlangandan so’ng, yuqtirganlar soni keskin ko’paya boshladi. Oldinroq, Ispaniyaning bir nechta mintaqalari, shu jumladan Madridda, ma’murlar nafaqat ta’lim muassasalari faoliyatini to’xtatibgina qolmay, balki kafe, bar, sport zallari, diskotekalar va boshqa ko’ngilochar joylarni yopishga qaror qilishgan.

Shanba kuni Ispaniya hukumati yuqori darajadagi ogohlantirishni joriy qilishni ma’qulladi, bu esa mamlakat rasmiylariga, shu qatorda odamlar harakatini cheklashga imkon berdi.