Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda ko‘p qavatli uylar joylashgan hududda 3 nafar yigit kechasi pirotexnika vositasini portlatgani aks etgan videolavha tarqaldi.

Foto: Skrinshot

Shundan so‘ng, shahar IIBBga noroziliklar kelib tushgan. IIBB holat bo‘yicha o‘rganish olib borib, jamoat tartibini buzgan shaxslarni aniqlagan.

Aniqlanishicha, mazkur holat 2022-yilning 1-yanvar kuni soat taxminan 00:05da Toshkent shahri Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan.

“Bomichkaning bitta donasi qolgandi. ‘Salyut’’ 7ta edi. Uni Yunusoboddan 300 mingga sotib olgandik. Odamlardan uzr so’raymiz”, degan huquqbuzarlardan biri.

Qayd etilishicha, ushbu shaxslar MJtKning 185-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Ma’lumot uchun, mazkur modda bilan ayblanganlarga BHMning 5 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 1 BHM 270 ming so‘m.