“O‘zgidromet” xizmati dam olish kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: Google

Qayd etilishicha, 8-yanvar kuni shimoliy hududlarda 9-yanvar kuni respublikaning barcha hududlariga Volgabo‘yidan quruq, lekin nisbatan sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Kechasi harorat salbiy qiymatlargacha pasayadi. Kunduzi havo harorati 5–10 daraja iliq bo‘ladi.

“O‘zgidromet” oldinroq yanvar oyi uchun ob-havo ma’lumotini ham taqdim etgandi.