Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytgani haqida xabar bergan edik. 

Foto: Prezident matbuot xizmati xabar qildi

Bugun, 7-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi va DXX Akademiyasiga borishi rejalashtirilgan. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

“Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, davlat xavfsizligi sohasida kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmatining “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi va DXX Akademiyasiga tashrif buyuradi”, deb yozadi Asadov. 

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021-yilning 4-yanvarida ham qisqa muddatli ta’tilga chiqqan edi. 11-yanvar kuni ta’tildan qaytgan Prezident shu kuni Jizzax viloyatida Markaziy harbiy okrugning artilleriya brigadasini borib ko‘rgan edi.