O‘FA birinchi vise-prezidenti hamkorlikdan ko‘zlangan maqsad haqida gapirdi. “Sports” bu haqida yozmoqda.

Foto: Sports

9 mart kuni UEFA Assist delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bir necha kun UEFA Assist vakillari O‘FA va PFL faoliyati bilan tanishdi. 13 mart kuni esa “Hilton” mehmonxonasida tashrif yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda UEFA xalqaro aloqalar boshqarmasi rahbari Yeva Paske, O‘FA vise-prezidenti Ravshan Ermatov va jurnalistlar ishtirok etishdi.

Matbuot anjumanida Ravshan Ermatov ushbu hamkorlik futbolimizga yordam berishini, ammo bu orqali O‘zbekistonning UEFAga o‘tishi rejalashtirilmaganini aytdi.

Hamkorlikdan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekistonda futbolni yangi saviyaga olib chiqish, UEFAni tajribasini olib kirish. Biz OFK a’zosimiz. Kun tartibiga bu seminar orqali keyingi qadamda UEFAga a’zo bo‘lishni rejalashtirmayapmiz, – dedi Ravshan Ermatov.