Bugun, 7-yanvar kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida bir necha yengil avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Hodisa Bunyodkor shohko‘chasi va Kichik halqa avtomobil yo‘li kesishmasida barpo qilingan ko‘prikda ro‘y bergan.

Nashr muxbirining xabar qilishicha, ko‘prik ustida 5ta avtomobil to‘qnashgan. Undan 100 metrlar masofada yana 3ta yengil mashina ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Hodisalarda tan jarohati olganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Taxminlarga ko‘ra, YTHga yo‘lning sirpanchiqligi va haydovchilarning oraliq masofaga rioya qilmagani sabab bo‘lgan.