Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida 41 yoshli o‘zbekistonlik ayol turar joy binosining 12-qavatidan tushib ketib halok bo‘ldi. Bu haqda “Gulf News” xabar berdi.

baa eron dengiz
Foto: AP Photo / Kamran Jebreili

Ma’lum qilinishicha, u halokatli jarohatlar olgani bois politsiya va tez yordam etib kelguniga qadar voqea joyida vafot etgan.

Ta’kidlanishicha, marhumaning jasadi ekspyertizadan o‘tkazish uchun sud-tibbiyot laboratoriyasiga etkazilgan. Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, ayol o‘z joniga qasd qilgan. Voqea amirlik politsiyasi va prokuraturasi tomonidan tergov qilinmoqda.