O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Jenisbek Piyazov Maktabgacha ta’lim vazirining maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Foto: Google

Qayd etilishicha, Maktabgacha ta’lim vazirining buyrug‘iga bilan Jenisbek Piyazov madaniyat va san’atni rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha jamoatchilik asosida maslahatchi etib tayinlangan.

Ma’lumot uchun, opera xonandasi Jenisbek Piyazov 1988-yilda Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida tug‘ilgan. 2007-yilda Nukus madaniyat va san’at kollejini tamomlagan.  

U 2019-yilda Italiyaning Milan shahridagi jahonga mashhur La Skala teatri sahnasida qo‘shiq kuylagan birinchi o‘zbek san’atkori sanaladi.

Shuningdek, 2012-yilda Qoraqalpog‘istonda hamda 2014-yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, 2021-yilda esa O‘zbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bo‘lgan.