Buyuk Britaniya shu yil 10-yanvardan boshlab xorijga ketayotganlar uchun O‘zbekistonda berilgan emlash sertifikatlarini rasman tan oladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining vakili ma’lum qildi.

Foto: RIA Novosti

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi xabariga ko‘ra, tegishli ma’lumotlar Britaniya hukumati saytida e’lon qilingan.

Emlash sertifikati, agar hujjat egasi Angliyaga kelishidan kamida 14 kun oldin quyidagi dorilardan biri bilan emlashning to’liq kursini tugatgan bo’lsa, haqiqiy hisoblanadi.

Sertifikatning tan olinishi emlangan O‘zbekiston fuqarolariga Angliyaga koronavirusga PCR testini ko‘rsatmasdan kirish imkonini beradi va ularni 10 kunlik karantindan o‘tish majburiyatidan ozod qiladi.

Mazkur qaror O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash va aholini emlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlarga Britaniya tomoni yuksak baho berilganidan dalolat beradi.