Shu yilning yanvar-fevral oylarida iste’molchilarga qo‘shimcha ravishda 256 038 tonna ko‘mir mahsuloti yetkazib beriladi, bu haqda energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bemoqda.

Foto: RIA Novosti

Qayd etilishicha, 2021-yilda iste’molchilarga jami 5 465 ming tonna ko‘mir mahsulotlari yetkazib berildi.

“O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan 2021-yil uchun belgilangan ko‘mir yetkazib berishning barcha ko‘rsatkichlari ortig‘i bilan muddatidan oldin bajarilgan.

Xususan, 2021-2022 yillar kuz-qish mavsumi uchun budjet tashkilotlariga 450 ming tonna, aholi iste’molchilari uchun 705 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berilgan.

Ma’lumotga ko’ra, iste’molchilarning talablaridan kelib chiqib, 2022-yil yanvar-fevral oylarida qo‘shimcha ravishda 256 038 tonna ko‘mir mahsuloti yetkazib berilishi rejalashtirilgan.