Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Foto: Bosh prokuratura axborot xizmati

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M.F.” MChJ tomonidan “E.F.” MChJga dori vositalarini sotib olish uchun 125 mln. so‘m o‘tkazib berilgan bo‘lsada, “E.F.” MChJ rahbari shu kunga qadar dori vositalarini yetkazib bermasdan yoki tadbirkorning pul mablag‘ini qaytarmasdan o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.