FVV ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil 7-yanvar soat 08:00dan 8-yanvar soat 08:00gacha Chimyon hududida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi.

Foto: Google

“Hurmatli fuqarolar! Ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni va “Diqqat! Qor ko‘chishi xavfi mavjud” belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni so‘raymiz”, – deyiladi FVV xabarida.

Bugun, 7-yanvar kuni respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.