6-yanvar kuni soat 19:50da Olmazor tumanining Usta Shirin ko‘chasida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida YTHda sodir bo‘ldi.

Foto: Google

Ma’lum bo‘lishicha, Isuzu rusumli 43-sonli yo‘nalish avtobusining haydovchisi 58 yoshli O.B. svetoforda to‘xtash uchun sekinlashgan va shu vaqtda yo‘l qatnov qismining birinchi bo‘lagida ketayotgan piyoda muvozanatni yo‘qotib, avtobus tomonga yiqilgan.

Hodisa oqibatida piyoda voqea joyida vafot etgan. Dastlabki xulosaga ko‘ra, piyoda mast holatda bo‘lgan.

Hozirda mazkur hodisa bo‘yicha Toshkent shahar IIBB tomonidan dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda. “Toshshahartransxizmat” AJning Harakat xavfsizligini nazorat etish bo‘limi tomonidan esa xizmat surishtiruvi o‘tkaziladi.