Bu haqida IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

Joriy yilning 13 mart kuni soat 23:15 larda Forish tumani hududidan o‘tgan “Forish – Xonbandi – Uchquloch” avtomobil’ yo‘lining 18 km.da Toshkent shahrida yashovchi I.K. “UAZ PICKUP” rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan vaqtida, avtomashinaning orqa o‘ng tomon shinasi havo qo‘yib yuborishi oqibatida haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va avtomashina ag‘darilib ketgan.

Natijada haydovchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.