Qozog’iston yetakchisi Qosim-Jo‘mart To’qayev ertalab Oq o‘rdada prezident ma’muriyati rahbarligi, Xavfsizlik kengashi va xavfsizlik kuchlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

foto: Google

“Mamlakatning barcha hududlarida asosan konstitutsiyaviy tuzum tiklandi. Mahalliy hokimiyat organlari vaziyatni nazorat qilmoqda. Ammo terrorchilar qurol ishlatishda va fuqarolarning mulkiga zarar yetkazishda davom etmoqda. Shu bois aksilterror harakatlar jangarilar to‘liq yo‘q qilinmaguncha davom etishi kerak”, deb ta’kidlagan prezident.

Shunga qaramay, u aksilterror operatsiyasini davom ettirish kerakligini ta’kidlagan.

Shuningdek, mahalliy telekanal Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga tayanib, huquq-tartibot idoralari tomonidan 3 mingdan ortiq odam hibsga olingani, 26 nafar qurolli jinoyatchi o‘ldirilgani, yana 18 nafari yaralangani haqida xabar bergan.

O’zi nima bo’ldi?

Qozog’istonning Mang‘istau oblastida 2-yanvardan beri aholi suyultirilgan gaz narxi oshirilganiga qarshi norozilik mitinglari o‘tkazmoqda. Norozilik namoyishlariga Qozog‘istonning boshqa shaharlari aholisi ham qo‘shilgani aytilmoqda. Tobora jiddiylashgan namoyishlar ortidan Hukumat komissiyasi Aqtau shahridagi “Intimak” maydonida namoyishchilar bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida suyultirilgan gaz narxini pasaytirish va Mang‘istau viloyatida gaz narxini litri uchun 50 tenge etib belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Namoyish ishtirokchilari javobgarlikka tortilmasligiga ham kafolat berilgandi. Lekin, bugun Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari mamlakatning bir qancha viloyatlarida sodir etilgan noqonuniy harakatlar chog‘ida jamoat tartibini buzganlik uchun 200dan ortiq kishini qo‘lga oldi.

Shuningdek, Qozog‘istonning amaldagi Hukumati iste’fo berdi. Prezident Qosim-Jo’mart To‘qayev esa Hukumat iste’fosi ortidan mamlakatning ayrim joylarida favqulodda holat e’lon qildi. Ushbu mitinglar fonida mamlakatda gazni qayta ishlash zavodi direktori qo‘lga olingan.