Bugun oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan xayriya hasharida 108 487 ming nafarga professor-o‘qituvchilar, talabalar va soha xodimlari ishtirok etishdi, deb xabar bermoqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati.

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati

Shu vaqtga qadar oliy ta’lim muassasalari jamoasi tomonidan 559,5 gektar yer maydonlarida hashar ishlari olib borildi. Hashar davomida 183,2 km ariq va lotoklar tozalanib, 378,2 tonna maishiy va qurilish chiqindilari chiqarib tashlandi.

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati

Oliy ta’lim muassasalari hududidagi 103 920 ta daraxtlarga shakl berilib, oqlandi. Qolaversa, yurtimizdagi 74 ta ziyoratgoh va qabristonlarda olib borilgan xayriya hasharida talabalar jamoalari qatnashdilar.

Shuningdek, 544 nafar yolg‘iz keksalar, nafaqadagi va nogiron, kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olinib, ularga imkon qadar yordam ko‘rsatildi.