O‘zbekistonda 2022-yil 1-aprelga qadar tuxum mahsuloti eksporti vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda hukumat qabul qilgan bayonda bildirilgan.

Foto: Google

Qayd etilishicha, respublikada oziq-ovqat xafvsizligi va ichki iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining tuxum eksportini vaqtincha cheklash bo‘yicha taklifi hukumat yig‘ilishida ma’qullangan.

Bungacha Vetyerinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tuxum eksporti bo‘yicha tabdirkorlarga og‘zaki yoki yozma taqiq qo‘yilmaganini bildirgandi.

“Parrandasanoat” uyushmasi vakili taqiq mavjudligini tasdiqlagan. Ammo uyushma bunday taqiqni joriy etish yo olib tashlash vakolatida emasligini eslatib o‘tgan.

Statqo‘m ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda tuxum narxi 2021-yilda qariyb 30 foizga oshgan. Lekin bu parrandachalik uchun zarur yem va xom ashyo qimmat bo‘lgani bilan izohlanadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston bozorlarida o‘tgan yil yakunida  tuxum narxi (10 donasi) — 7000–15 000 so‘m atrofida kuzatilgan.