Dunyodagi koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatning murakkablashishi Xitoyda ishlab chiqarishni qayta tiklash uchun ko‘plab noaniqliklar tug‘dirmoqda. Bu haqda Xitoyning sanoat va axborotlashtirish vazirining o‘rinbosari Sin Gobin xabar berdi deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Foto: Sof

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xubey provinsiyasi (markazi Uxan shahri)dan tashqari mamlakatning barcha hududlarida yirik sanoat korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish 95 foizdan oshadi, o‘rtacha hisobda, korxona ishchilarining qariyb 80 foizi allaqachon ish joylariga qaytgan; o‘rta va kichik korxonalarning foydalanish darajasi 60% ga yetdi.

“Shu bilan birga, epidemiyaning dunyo bo‘ylab tarqalishi Xitoyda ish va ishlab chiqarishni qayta boshlash uchun katta noaniqliklar keltirib chiqarmoqda”, — dedi amaldor.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Xitoydagi korxonalar xodimlarni tashish (logistika), pul mablag‘lari, epidemiyaga qarshi mablag‘lar yetishmasligi, turli darajadagi ishlab chiqarishni tiklash sur’atlari va ishlab chiqarish zanjirlarining past samaradorligi bilan bog‘liq muammolarga duch kelishmoqda.