Prezident tashrifidan keyin Xorazm viloyati va tumanlarida yangi lavozim tayinlovlari bo‘lib o‘tgan, deb bu haqida ma’lum qildi “Xabar” nashri.

Foto: Google

Xususan, viloyat hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari O.Kuryazov ishdan olinib, o‘rniga Toshkent shahrida faoliyat yuritib kelayotgan B.Kurbanov tayinlandi.

Shuningdek, viloyat hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘.Kurbonov Yangibozor tumaniga hokim bo‘lgan. O‘rniga viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarma boshlig‘i tayinlangan.

Yangiariq tumaniga esa Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Muxammedmurad Xudayberganov tayinlangan.