Kecha, 5-yanvar kuni soat 20:30larda, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasida 5ta avtomobil ishtirokida ayanchli “avariya” sodir bo’ldi.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Unga ko’ra:

  • haydovchi, 1995-yilda tug‘ilgan Sh.A. boshqaruvidagi “AUDI” rusumli;
  • haydovchi, 1978-yilda tug‘ilgan O.B. boshqaruvidagi “Vaz-2106” rusumli;
  • haydovchi, 1978-yilda tug‘ilgan A.K. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli;
  • haydovchi, 1995-yilda tug‘ilgan U.K. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli;
  • haydovchi, 1990-yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvida bo‘lgan “Damas” rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida, “Vaz-2106” rusumli avtomobil haydovchisi O.B. hamda “Audi” rusumli avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchi, 1998-yilda tug‘ilgan S.U.ga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.