Foto: Sputnik

Tibbiy mutaxassislarning birinchi guruhi bu yerga allaqachon yetib kelib, rejaga koʻra bu yerga shanba kuni olib kelinishi kutilayotgan bemorlarni qabul qishiga tayyorgarlikni boshlab yuborishgan. Bundan tashqari, gospitalga tashxisi tasdiqlangan bemorlarni joylashtirish ham koʻzda tutilgan.

Uxan yaqinidagi Tszyansya shahri yaqinidagi yuqumli kasalliklar gospitali 79 ming kvadrat metrda joylashgan. Uning kattagina qismi bemorlar uchun, maydon hududidagi 10ta qurilma tibbiyot xodimlari va material-texnik vositalar uchun ajratilgan.

Shifokorlar uchun jami 264ta xona koʻzda tutilgan boʻlib, ularning har birida olti kishidan istiqomat qilish mumkin. Xonalarning har birida uchtadan ikki qavatli krovatlar joylashtirilgan, konditsioner, televizor, boshqa elektr anjomlari hamda alohida hodatxona va dush mavjud.

Aniqlik kiritilishicha, gospital 32ta sektsiyaga boʻlingan boʻlib, ularda 1500 joy hozirlangan, har bir palatada (ogʻir ahvoldagi kasallar uchun moʻljallangan palatalardan tashqari) ikki nafardan bemorlar joylashtiriladi. Muassasa hududida mingga yaqin tibbiyot xodimlari faoliyat yuritadi.

Eslatib oʻtamiz, sal oldin 10 kun ichida qurib bitkazilgan “Xoshenshan” gospitali ishga tushirilgani haqida maʼlumot bergan edik. Ikkinchi gospitalni qurish ishlari 27 yanvar kuni boshlangandi. Avvaliga davolash muassasasini 5 fevral kuni topshirish rejalashtirilgan boʻlib, ammo topshirish muddati biroz kechiktirildi.