Koronavirus va mavsumiy gripp shtammlari birikmasi boʻlgan “flurona” shtammi Chexiyada 2020-yil bahorida qayd etilgan. Bu haqda 5-yanvar kuni Blesk gazetasi xabar berdi.

Foto: Yugra-TV

2020-yilning bahorida “Masarik” shifoxonaning yuqumli kasalliklar bo’limida “flurona” shtammi aniqlangan bir nechta bemorlar bo’lgan. Shunga qaramay, ular buni bilmagan, chunki ularning kasalliklari nisbatan yengil bo’lgan. Chex epidemiologlari bir vaqtning o’zida “kovid” va mavsumiy gripp belgilari bo’lgan bemorlarni davolashda tajribaga ega.

Ayni paytda, mamlakat mutaxassislari “flurona” hali ham yaxshi o’rganilmagan shtamm ekanligini ta’kidlashgan. “Kovid” va grippning o’zi odamlar uchun halokatli bo’lishi mumkin. Shuning uchun “flurona” shtammini o’rganishga juda jiddiy yondashish va uning tarqalishini oldini olish uchun samarali choralar ko’rish kerak.

Yaqinda Isroil hukumati mamlakatda 31 yoshli homilador ayol bir vaqtning o’zida koronavirus va gripp bilan kasallanganini e’lon qilgandi. Ularning ta’kidlashicha, bu dunyoda bunday ikki tomonlama infeksiyaning rasman qayd etilgan birinchi holatidir. “Flurona” bu inglizcha gripp va koronavirus so’zlarining birikmasidan kelib chiqqan.