O‘zbekiston Innovatsion  rivojlanish vazirligi mamlakatda COVID – 19 koronavirusiga qarshi samarali kurashish va kasallikning mamlakatda tarqalishining oldini olish maqsadida amaliy loyihalar tanlovini e’lon qildi.

Foto: Mir 24

“O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining (COVID – 19) keng tarqalishining oldini olishni ta’minlash, birinchi navbatda, mamlakatimizda tibbiy yordam va profilaktika ishlari darajasini oshirishni talab qiladi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, respublikada koronavirus infeksiyasining patogenezini chuqur tahlil qilish, shuningdek, koronavirus shtammlarini aniqlash uchun molekulyar-genetik diagnostika yaratish asosida davolash texnologiyalarini yaratish zarur.

Ushbu tanlov Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 martdagi “Ilmiy, texnik va Innovatsion  faoliyatni rivojlantirish uchun normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorida belgilangan talablarga muvofiq o‘tkazilmoqda.

Elektron ro‘yxatga olingan amaliy loyihalar va innovatsion  ishlanmalar har kuni shanba va yakshanbadan tashqari har kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Innovatsion  rivojlanish vazirligida qabul qilinadi.

Ilmiy loyihalarga davlat buyurtmasi doirasida amalga oshiriladigan amaliy loyihalarning mavzulari:

– Amaliy loyiha 2 yil davomida amalga oshirilgan “Patogenezni chuqur tahlil qilish asosida koronavirus infeksiyalari bilan kurashish va davolash texnologiyasini yaratish” (umumiy moliyalashtirish – 2 mlrd. so‘m);

– “COVID – 19 koronavirus shtammlarini aniqlash uchun molekulyar genetik tashxisni yaratish” amaliy loyihasi (bir yil davomida 1,5 mlrd. so‘m).

Tanlov shartlari haqida ushbu havolada tanishishingiz mumkin.