1-yanvardan boshlab, bir qator xizmatlarni Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etilishi belgilangan, deb yozmoqda DXAning axborot xizmati.

pasport zagran
Foto: Google

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish muqobil ravishda (ichki ishlar bo‘limlari bilan bir vaqtda) Davlat xizmatlari markazlari orqali ham amalga oshiriladi.

Bunda, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasport berish uchun to‘lov miqdori BHMning 1 baravari tashkil etadi. (Maʼlumot uchun: ushbu to‘lov miqdori avval BHMning 1,2 baravari bo‘lgan)

2022-yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich barcha Davlat xizmatlari markazlarida ushbu imkoniyatni yaratish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Davlat xizmatlari markazlarida xizmatlar eksterritoriallik tamoyili asosida (ro‘yxatda turgan joyingizdan qatʼiy nazar) taqdim etiladi.