Bag‘dod xalqaro aeroporti yaqinida bir nechta raketalar qulab tushdi, deya xabar bermoqda “As-Sumariya” Iroq xavfsizlik kuchlariga tayanib.

Foto: Sputnik

“Sal avval Bag‘dod xalqaro aeroporti yaqinida bir nechta raketalar qulagan, ularning uchirilgan joyi hozircha noma’lum”, degan Iroq xavfsizlik kuchlari.

Al-Arabiya telekanali manbalariga ko‘ra, poytaxt aeroporti yaqinida joylashgan G‘alaba harbiy bazasi o‘qqa tutilgan. Manbalarning aytishicha, otishma Bag‘dod g‘arbida Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan ko‘p raketa tizimli to‘rtta raketa bilan o’q uzilgan.

Bag‘dodning “yashil zonasi”, shuningdek, harbiy aerodromga tutash xalqaro aeroport vaqti-vaqti bilan qo‘lbola raketa hujumlari nishoniga aylanib qolmoqda. Bundan tashqari, Iroq hududidagi xorijiy harbiy bazalar o‘qqa tutilmoqda. Aksariyat hollarda bunday hodisalar aholi o’rtasida talofatlarga va sezilarli zararga olib kelmasligi aytilgan.