14 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Uchtepa tumani Foziltepa ko‘chasida joylashgan avtoservislardan birida portlash ro‘y bergani haqida videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi dastlabki ma’lumotlarni taqdim etdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

Joriy yilning 14 mart kuni soat 11:40 larda Uchtepa tumani “Cho‘pon ota” MFY hududida joylashgan “Aksava” MChJga qarashli ikki qavatli avtomobillarga xizmat ko‘rsatish shahobchasi 2 ta boksining derazasi va devorlari qisman qulash sodir bo‘lgan. Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, holatning kelib chiqishiga kislorod yoki gaz ballonining yorilishi sabab bo‘lganligi taxmin qilinmoqda. Buning oqibatida, 1 nafar fuqaro voqea joyida va 1 nafari kasalxonada vafot etgan. Shuningdek, 4 nafar fuqarolar turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonalarga yotqizilgan.

Ayni vaqtda hodisa sodir bo‘lgan joyda Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur holatning kelib chiqish sabablari yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.