Olmaota markazida namoyishchilar va xavfsizlik xodimlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lganligi sababli bir necha politsiya mashinasi portladi va yonib ketdi, deb xabar bermoqda KazTag Telegram-kanali.

Foto: Telegram

Hodisa “Abay shoh” ko‘chasi va “Nauryzbay” ko‘chasi chorrahasida sodir bo‘lgan.

“Namoyishchilar sindirib tashlagan politsiya mashinalari yonib ketdi. Bittasi yoqilgan, ikkinchisi ham yonib ketadi, shekilli. To portlamaguncha. Butun mashina yonmoqda, yaqin atrofda yana bir nechta mashina bor, ular ham yonib ketishi mumkin. ”, – dedi jurnalist.

Keyinroq uning aniqlik kiritishicha, taxminan to‘rtta mashina yonib ketgan, bir mashina esa portlagan.

KazTAG muxbirining xabar berishicha, namoyishchilar orqa tomondan politsiya to‘siqlarini chetlab o‘tishga uringan, biroq ular granata va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz yordamida u yerdan haydalgan. Xavfsizlik kuchlari va namoyishchilar oxir-oqibat chekinishgan.

Shuningdek, uning soʻzlariga koʻra, shaharning markaziy qismida oʻq ovoziga oʻxshash tovushlar eshitilgan.