AQShda joylashgan Apple koronavirus tarqalishining oldini olish uchun ikki hafta davomida Xitoydan tashqaridagi chakana savdo do’konlarini yopadi. Bu haqida juma kuni Apple bosh direktori Tim Kuk ma’lum qildi.

Foto: AP / Ng Han Guan

Avvalroq kompaniya koronavirus tarqalishi sababli materik Xitoyda do’konlar vaqtincha yopilishi haqida xabar bergandi.

“Bugungi kunga qadar Buyuk Xitoyda joylashgan barcha do’konlarimiz allaqachon ochiq. Kasallik darajasi boshqa joylarda o’sishda davom etar ekan, biz o’z jamoamiz a’zolarini, shuningdek xaridorlarni himoya qilish uchun qo’shimcha choralarni ko’rmoqdamiz.

27 martga qadar Xitoy tashqarisidagi barcha savdo do’konlarimizni yopamiz “, deyiladi Apple veb-saytida. Kuk yopiq idoralardagi xodimlar standart maoshlarni olishda davom etishini ta’kidladi.

Bloomberg ma’lumotlariga ko’ra, kompaniyada 460 ga yaqin do’kon mavjud, ulardan qariyb 270 tasi AQShda. 11 mart kuni Italiyada, XXR tashqarisida eng katta infeksiya manbai bo’lgan Apple do’konlarining yopilishi haqida ma’lum bo’ldi.