Foto: Championat.asia

Bugun Ravshan Ermatov mamlakat sport vaziri Dilmurod Nabiyevning birinchi o‘rinbosari sifatida tanishtirilgan. Bu lavozimda hozirgacha Oybek Qosimov faoliyat olib borayotgandi.

Ravshan Ermatov parallel tarzda O‘FA vise-prezidenti sifatidagi faoliyatini ham davom ettiradi. Ermatov 2019 yil 14 iyundan buyon O‘FA vise-prezidenti lavozimida ishlab keladi. O‘tgan yil 27 noyabrda OFKda maxsus tadbir o‘tkazilgan va unda Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunlagani e’lon qilingandi.