Boshqa mamlakatlardan Nur-Sulton va Olmaotaga uchgan yo’lovchilari butun Qozog’iston bo’ylab qidirilmoqda. Tegishli xabar Respublika Sog’liqni saqlash vazirligi Tovarlar va xizmatlarning sifati va xavfsizligi qo’mitasining telegram kanalida e’lon qilindi.

Foto: Sputnik

Xususan, 10 mart kuni yetib kelgan 0646 Frankfurt-Nur-Sulton-Olmaota reysi yo’lovchilaridan 1406 yoki 103 raqamiga qo’ng’iroq qilish so’raladi.

Bundan tashqari, 12 mart kuni kelgan SU-1956 Moskva-Nur-Sulton reysi yo’lovchilaridan yuqorida ko’rsatilgan raqamlar bilan bog’lanishlari so’ralgan.

Shuningdek, 10 mart kuni kelgan 195-sonli Varshava-Nur-Sulton reysi yo’lovchilaridan javob kutishmoqda.

Ushbu reyslarning barchasida Qozog’iston fuqarolari koronavirus bilan kelgan bo’lishi mumkin. Shu munosabat bilan ular bilan aloqada bo’lgan shaxslar doirasi aniqlanadi.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra Qozog’istonda 6 kishida koronavirus qayd etilgan, to’rtta Olmaotada va ikkitasi Nur-Sultonda aniqlandi.