Avvalroq, Qozog‘istonning Mang‘istov oblastida suyultirilgan gaz narxi keskin ko‘tarilishiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Foto: Skrinshot

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ushbu shaharlar aholisi ko‘chalarga chiqib, yo‘llarni to‘sib qo‘yganidan keyin hukumatga suyultirilgan gaz narxini tartibga solish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda Tengrinews yozmoqda.

Bundan tashqari, mahalliy hokimiyat organlari “o‘z tashabbusi bilan” narxni tushirib qo‘ygan yoqilg‘i quyish shaxobchalari egalarini ham tekshiriladi.

Namoyishlar 2-yanvar kuni Janaozen shahrida boshlangan edi. Keyin esa Aqtov aholisi ko‘chaga chiqqan. Mahalliy nashrlarning yozishicha, 3-yanvar kuni tushda rasmiylar Olmaotaning markaziy maydonlariga o‘tish yo‘lini yopib qo‘ygan.

Janaozendagi namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun mitingga chiqqan Ostona shahrining sakkiz nafar fuqarosi hibsga olingani ma’lum qilingan.