Qarshi shahrida yo‘l-transport hodisasiga uchragan Spark’da yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Foto: Google

Ma’lum qilinishicha, kecha, 2022-yil 3-yanvar kuni soat 21:18larda Qarshi shahar FVBga Islom Karimov ko‘chasi Vatanparvarlar bog‘i ro‘parasida Spark mashinasida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.

Shundan so‘ng, voqea joyiga soat 21:20larda Qarshi shahar FVBdan 1ta qutqaruv bo‘linmasi yetib borgan. Soat 21:22larda yong‘in to‘liq o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida Qarshi shahar Shohbekat mahallasida yashovchi, 1975-yilda tug‘ilgan N.O‘. ga tegishli bo‘lgan ushbu mashinaning motor qismi zarar ko‘rgan.

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, Spark avval yo‘l-transport hodisasiga uchragan. Keyin yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘inda hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan.

Qayd etilishicha, holat bo‘yicha tegishli xizmatlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qashqadaryoda “Cobalt” katta tezlikda beton to‘siqqa urilishi oqibatida 5 kishi halok bo’ldi