Nukus va Urganch aeroportlarida meteorologik sharoit tobora yomonlashib borayotganligi (tuman, ko‘rishning yetarli darajada emasligi) munosabati bilan avval rejalashtirilgan HY-051/052, 053/054, 011/012 reyslari vaziyat o‘zgarmaguniga qadar qoldiriladi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” AJ xabar berdi.

Foto: “Uzbekistan Airways” axborot xizmati

Uchish vaqti taxminan 16.00ga rejalashtirilgan.

Aviaqatnovlar haqidagi barcha ma’lumot onlayn tabloda joylashtirilgan.

Shuningdek, +998781400200 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib ham ma’lumot olish imkoniyati mavjud.

“2 va 3 yanvar kuni kechiktirilgan yoki qoldirilgan aviaqatnovlar yo‘lovchilari aviachipta pulini qaytarish yoki bepul boshqa sanaga o‘zgartirish imkoniyatiga egalar.

Barcha yo‘lovchilarga aeroportga kelishdan avval qo‘ng‘iroq qilishlari tavsiya etiladi”, – deyiladi kompaniya xabarida.