Foto: IIV axborot xizmati

Toshkent shahar IIBBning xabariga ko‘ra Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Uchtepa tumani Foziltepa ko‘chasidagi avtoservislardan birida kislorod yoki gaz balloni portlagani natijasida servis binosining tom qismi qulab tushgani haqidagi xabar kelib tushgan.

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

Qayd etilishcha, jarohat olganlar shifoxonaga yetkazilgan.

Kislorod yoki gaz ballonidan xavfsizlik qoidalariga rioya etilmay foydalanilgani hodisani keltirib chiqargani taxmin qilinmoqda. Yong‘in sodir bo‘lmagan.

Ayni paytda tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda..